JCh-2018. Braziliyaning qo‘lidan nima keladi?

16:22 22 Iyun 2018 Sport
1648 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa favoritlaridan biri Braziliya terma jamoasi maydonga tushadi.

E guruhidan o‘rin olgan terma jamoaga bu safar birinchi turning omadsizlaridan biri Kosta-Rika terma jamoasi to‘qnash keladi. Ikkala jamoa ham birinchi turda g‘alaba qozona olmagan. Favoritlarning ishonchsiz o‘yini Braziliyaga bo‘lgan bosimning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘ramiz, ular bunday bosimli vaziyatdan chiqib keta olisharmikan?

Kunning ikkinchi uchrashuvida Nigeriya va Islandiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bu uchrashuvda Argentina terma jamoasining ham taqdiri hal bo‘lishi kutilmoqda. Agar Islandiya olgan taqdirda so‘nggi turda Argentinaning keyingi bosqichga chiqishi o‘zgalar qo‘lida qolib ketadi.

Kunni Serbiya va Shveysariya terma jamoalari uchrashuvi yakunlab beradi. Bolqon yarimoroli vakillari dastlabki turdagi g‘alabadan so‘ng yaxshi imkoniyat hosil qilishgan. Jamoa uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirda muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish mumkin.

JCh-2018. 2-tur

E guruhi
Braziliya - Kosta Rika 17:00

Sankt-Peterburg Arena
Bosh hakam: Byorn Kuypers (Niderlandiya)

D guruhi
Nigeriya - Islandiya 20:00

Volgograd Arena
Bosh hakam: Metyu Konger (Yangi Zelandiya)

E guruhi
Serbiya - Shveysariya -23:00

Kaliningrad stadioni
Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер