Jarqoʻrgʻon tumanida fuqaroga 15 kun muddatda haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan oʻrgatuvchi usta ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimlari oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “S.I.S.” MCHJ avtomaktabi oʻrgatuvchi ustasi Z.E. fuqaro A.ga boshqa avtomaktabda ishlovchi tanishlari orqali “B,S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etmasdan 15 kun muddat ichida olib berish evaziga 3,1 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring