Janubiy Koreyada “The Korea Post” jurnalining mamlakatimizga bagʻishlangan maxsus soni chop etildi
Foto: “Dunyo” AA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida “Oʻzaro almashuvlar yili”dagi tadbirlar doirasida Janubiy Koreyaning eng ommabop nashrlaridan biri hisoblangan “The Korea Post” jurnali mamlakatimizga bagʻishlangan maxsus sonini chop etdi. Bu haqda “Dunyo” AA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, “Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni yanada mustahkamlanmoqda” umumiy sarlavhasi ostida chop etilgan ushbu maxsus sonning sahifalaridan joriy yilda mamlakatimizda boshlangan Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, koʻhna va hamisha navqiron Samarqandda oʻtkazilgan yirik xalqaro anjumanlar – Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hamda Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitlari, ushbu tadbirlarda erishilgan natijalar, qolaversa yurtimizning madaniy, tarixiy va sayyohlik salohiyatini oʻzida aks ettirgan turkum maqolalar oʻrin olgan.
Jurnal koreyalik oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring