Janubiy Koreya Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun 12 million dollar grant ajratadi

13:39 28 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
542 0

Foto: Arxiv surat

25-dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von(12 mln AQSH dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Mazkur grant mablagʻlari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining Oʻzbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi.

Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha tadqiqot ishlari olib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер