“Janga qalʼa” haqida eshitganmisiz?

08:53 07 Iyul 2020 Jamiyat
949 0

Qonlikoʻl tumanidagi “Janga qalʼa” ovul fuqarolar yigʻini hududida shu nomdagi qadimiy qoʻrgʻon qoldiqlari bor. 19-asr oxiri, 20-asr boshlariga taalluqli ushbu obida Xiva xoni tomonidan bunyod etilgan boʻlib, oʻz davrida unga Qutlugʻmurod inoq, Shariboy beglar begi degan tarixiy shaxslar rahbarlik qilgan.

Amudaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan qoʻrgʻonda karvonlar dam olib oʻtgan, undan dushmanlardan qoʻriqlanadigan mudofaa inshooti sifatida ham foydalanilgan. Qoraqalpoqlar madaniy dam olgan ushbu joyda hunarmandchilik va savdo rivojlangan.

“Janga qalʼa”ning uzunligi 70 metr, eni 40 metr, balandligi 3 metr, toʻrtburchak shaklida boʻlgan. Loydan bunyod etilgan devorlarning qalinligi 1 metrni tashkil etgan. Devorlarning ichki tomonida navkarlar yuradigan baland havoza yoʻlak hamda devorda dushmanni otish uchun tirqishlar boʻlgan. Albatta, qoʻrgʻon oʻzining katta va kichik darvozalari ham ega boʻlgan. Xalq botiri sifatida tanilgan Oʻtesh Dauletnazar oʻgʻli ushbu inshootdan yov hujumidan mudofaalanish sifatida ham foydalangan, degan mish-mishlar mavjud.

Mazkur qalʼa toʻgʻrisidagi yozma maʼlumot 1899-yili Qoʻngʻirot shahriga tashrif buyurgan rus ekspeditsiyasi aʼzosi M.N.Chernishevskiyning kundaliklarida uchraydi.

Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер