Jahongir Ortiqxoʼjaev Toshkent shahrining uchta tuman hokimini birdaniga jarimaga tortdi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʼjaev tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reytingi natijalariga koʼra poytaxtning bir qancha tumanlari hokimlarini intizomiy jazolash va ragʼbatlantirish toʼgʼrisida qaror qabul qildi.
Maʼlumotlarga koʼra, reytingda “yaxshi” bahoga ega boʼlganligi uchun Mirobod tuЎзбекчаmani hokimi Shuhrat Poʼlatov, Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʼomov, ularning oʼrinbosarlari va sektor rahbarlariga 30 foizlik ustama qoʼshilgan.
Ammo “qoniqarsiz” degan baho uchun Shayxontohur tumani hokimi Abduqahhor Toʼxtayev, Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullaev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovlar ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring