Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida vazir Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar:
“Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan milliy baholash tizimini yaratish, soha mutaxassislari malakasi va tajribasini oshirish” hamda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihalarini muhokama qilishdi.
Tadbir yakunida Vazirlik va Jahon Banki kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirish va ularni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring