Jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashib boʻlmaydi, jarima ham kerak — Alisher Qodirov
Internet bezoriligi uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqida “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Siyosatchining taʼkidlashicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 183-moddasiga 1-qoʻshimcha bilan, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish, kamsitish, jamoat va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan yoki shunga oʻxshash harakatlar uchun 5 million soʻmgacha jarima yoki 10 sutka qamoq belgilanmoqda.
“Jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashib boʻlmaydi, jarima ham kerak. Loyihani qoʻllab quvvatladik”, — deb yozgan Alisher Qodirov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring