ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining kuchaytirilgan dozasi “omikron”dan toʻliq himoya qilishi maʼlum qilindi
Joriy yilning 7-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi (ITM) laboratoriyasida “omikron” shtammi aniqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Dubaydan kelgan xorij fuqarosida koronavirusning yangi shtammi “omikron” aniqlandi. Kuni kecha Respublika maxsus komissiyasining yigʻilishida mazkur holat, shuningdek, “omikron” tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Voqeani sharhlar ekan, innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova quyidagicha fikr bildirdi: “Omikron”ning dunyo boʻylab tez tarqalishini inobatga olsak, uning Oʻzbekistonda paydo boʻlishi vaqt masalasi edi“ deb aytdi. Ilgʻor texnologiyalar markazi rahbari sifatida ZF-UZ-VAC2001 sinovlarida va virusli mutatsiyalarni oʻrganishda faol ishtirok etarkanman, mamlakatimizdagi eng ommabop Oʻzbekiston-Xitoy vaksinasi ustida olib borilgan tadqiqotlar yangi shtamm boʻyicha yaxshi natijalarni koʻrsatayotganini aytishim mumkin. Vaksinaning kuchaytirilgan — buster dozasi ”omikron“ dan deyarli 100 foiz himoya qiladi. Xitoylik hamkasblarimiz ham buni tasdiqladilar”.
Maxsus komissiya yigʻilishida aholini, shu jumladan, ZF-UZ-VAC2001ning kuchaytirilgan dozalari bilan emlashni zudlik bilan tezlashtirish masalasi ham muhokama qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring