Zelenskiy Putin bilan uchrashishga tayyor — Ukraina bosh vaziri oʻrinbosari
Foto: DR
Ukraina bosh vaziri oʻrinbosari Irina Vereshchuk Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda BFMTV telekanaliga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
“Prezidentimiz Putin bilan uchrashishga, muzokaralar stoliga oʻtirishga tayyor. Ukraina prezidentini mamlakat aholisini 90 foizi Ukraina milliy manfaatlarini himoya qilish uchun muzokaralar oʻtkazishga toʻliq mandat berdi”, deydi Vereshchuk.
Uning soʻzlariga koʻra, uchrashuvda Ukraina oʻt ochishni toʻxtatish, gumanitar yoʻlaklar ishini muhokama qilishni, shuningdek, siyosiy jarayon boʻyicha muzokaralarni boshlamoqchi.
Avvalroq, Kreml ham Kiyev doimiy ravishda Putin va Zelenskiy oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish boʻyicha takliflar bilan chiqishayotgani maʼlum qilgan edi.
24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini maʼlum qilgan edi.
Shundan soʻng Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududiga kiritildi. Va buning oqibatida Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring