Zelenskiy agar Putin u yerda boʻlsa, Indoneziyadagi G20 sammitida qatnashmasligini aytdi

21:06 03 Noyabr 2022 Dunyo
2548 0

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Indoneziyada boʻlib oʻtadigan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin boʻlsa, ishtirok etmasligini aytdi. Ushbu sammit shu yilning 15-16-noyabr kunlari tashkil etilmoqda.

“Mening va Ukrainaning shaxsiy pozitsiyasi shundan iborat ediki, agar Rossiya Federatsiyasi rahbari ishtirok etsa, Ukraina buni qabul qilmaydi”, deydi Zelenskiy.

U Ukraina sammitga tayyorgarlik koʻrayotganini taʼkidladi va 3-noyabr kuni Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan tayyorgarlik masalasini muhokama qilganini taʼkidladi.

“Har qanday holatda ham bugun bizni yana taklif qilishdi. Koʻramiz, sanoqli kunlar qoldi”, — deya qoʻshimcha qildi Zelenskiy sammitda shaxsiy ishtiroki haqidagi savolga javob berar ekan.

Shu yilning 27-oktyabr kuni Valday xalqaro munozara klubining yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin  G20 sammitiga borishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер