Zangiotadagi shifoxonada qancha bemor davolanayotgani haqida maʼlumot berildi

19:37 27 Iyun 2021 Jamiyat
1043 0

“COVID-19» infeksiyasining hududlar kesimida qayd etilishi, xususan, poytaxtimiz aholisi orasida koʻproq kuzatilayotgani sababli oxirgi 10-15 kun ichida Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bemorlar murojaatlari nisbatan koʻpaydi.Markaz direktori Anvar HUSANOV bir necha savollarga javob berdi.

— Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi necha oʻringa moʻljallangan va ayni paytda markazda qancha bemor davolanmoqda?

— Maʼlumki, bundan salkam bir yil avval yurtimizda koronavirusga qarshi kurashish choralari doirasida ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 ta maxsus tibbiyot majmuasi foydalanishga topshirilgan edi.

Aytish lozimki, oʻtgan qisqa vaqt davomida mazkur tibbiyot muassasalari xalqimiz salomatligini asrash, xususan, “COVID-19»ga chalingan ogʻir ahvoldagi bemorlarni davolash, ularga tezkor va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, bu orqali infeksiyaning aholi orasida keng tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yurtimizdagi asosiy shifo maskanlariga aylandi.

Afsuski, soʻnggi kunlarda mamlakatimiz, xususan, poytaxtimizdagi epidemiologik vaziyatning biroz murakkablashishi Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyatiga ham taʼsir etmay qolmadi. Ayniqsa, oxirgi ikki hafta davomida tibbiyot muassasamizga murojaat qiluvchi bemorlar soni keskin ortgani, biz shifokorlarni jiddiy tashvishga solmoqda.

Xususan, ayni paytda 2016 ta oʻringa ega boʻlgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar boʻyicha davolanmoqda.

— Shifoxonada nechta reanimatsiya boʻlimi bor va ularda qancha boʻsh joy mavjud?

— Shifoxonamizda 6 ta reanimatsiya boʻlimi bor va ularda 232 ta oʻrin tashkil qilingan.

Hozirgi kunda ushbu reanimatsiya boʻlimlarida 203 nafar bemor belgilangan standartlar boʻyicha davolanmoqda. Boʻsh oʻrinlar soni esa 29 tani tashkil etmoqda.

Reanimatsiya boʻlimidagi har bir koyka sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasi va zamonaviy davolash apparatlari bilan jihozlangan. Shu bilan birga, har bir boʻlimda sanitar oʻtkazgich tashkil qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер