Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi
Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 1 999 530 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirildi.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 61 268 553 dozaga yetdi.
Ulardan:
— 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
— 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
— 1 341 790 dozasi “Sputnik V”;
— 8 580 460 dozasi Moderna;
— 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
— 1 976 000 dozasi Sinovac;
— 343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 46,9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qoʻllanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 275 449 doza vaksina zaxirasi mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring