Yunusobod metro liniyasi vaqtincha yopildi
Arxiv surat
Yunusobod metro liniyasi vaqtincha yopildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 19-mart kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi vaqtincha yopildi.
Bu yangi stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan amalga oshirilgani aytiladi.
Taʼkidlanishicha, Yunusobod liniyasi yaqin orada ochiladi.
“Vaqtinchalik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, — deyiladi maʼlumotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring