Yoshlar ish bilan taʼminlandilar

13:12 11 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
1024 0

Boʻston tumanida maktab bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash borasidagi ishlar koʻlami tobora ortmoqda. "Koʻhinur" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “STILETEX” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish qoʻshma korxonasiga uyushtirilgan tashrif ham yigit-qizlar uchun foydali boʻldi.

— Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdik,-deydi maktab bitiruvchisi Salohiddin Abdurazzoqov. — Bu yerda ishchilar uchun barcha sharoit yaratilgan ekan. Ularni ishga olib kelish va uyiga olib borish uchun maxsus avtobuslar ajratilgan. Bepul issiq ovqat bilan taʼminlanishgan. Eng muhimi, oylik maoshlari oʻz vaqtida berilmoqda ekan. Bu jamoada ishlash har bir yosh uchun faxrli, albatta!

Shu kuni 12 nafar yoshlar korxonada ishlash istagini bildirdilar va shu joyning oʻzida ishga qabul qilindilar.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер