“Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”... Prezident maktablari haqida Angliyada maqola chop etildi
Foto: cambridge.org
“Cambridge Assessment International Eduсation” tashkilotining rasmiy veb-saytida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda iqtidorli oʻquvchilar haqida maqola chop etildi.
Maqolada Prezident maktablarining Oʻzbekistonda taʼlim tizimini oʻzgartirish uchun imkoniyatlari qayd etilgan.
Unda Samarqand, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek Prezident maktablariga qabul imtihonlari, kun tartibi, oʻquv dasturi va oʻquvchilarning boʻsh vaqtida shugʻullanadigan mashgʻulotlari haqida fikr bildirilgan.
Oʻquvchilardan oʻzi oʻqiyotgan maktabni bir soʻz bilan taʼriflash soʻralganda “Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”, “Orzuga yoʻl” deya javob berishgan...
Maqolada Oʻzbekistonning buyuk tarixi, xususan, Temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbekning Samarqandni fan va ilm markaziga aylantirganligi va hozir ham – oradan qariyb 600-yil oʻtib Oʻzbekistonning taraqqiyoti yoʻlida yana ana shunday ulkan ishlar amalga oshirayotganligi haqida soʻz yuritilgan.
Maqola bilan quyidagi link orqali batafsil tanishish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring