“Yashil makon” loyihasiga hissa qoʻshayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi
Ekologiya qoʻmitasiga “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda oʻz hissasini qoʻshayotgan shaxslarni quyidagicha ragʻbatlantirish vakolatlari beriladi:
— kamida 100 ta daraxt koʻchatlarini ekkan shaxsga yoki daraxt ekish uchun “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 10 mln soʻm hadya qilgan shaxsga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish;
— kamida 1000 ta daraxt koʻchatlari ekilishini tashkil qilgan yoki “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 100 mln soʻm hadya qilgan tadbirkorlarga “Ekohamkor” maqomini berish:
bunda tadbirkorlarga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqi beriladi;
Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanmagan taqdirda ekofaoliyat va ekoaksiyalarni tashkil qilish holatlarini reklama qilish reklama qonunchiligini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi;
— 50 mingdan kam boʻlmagan daraxt koʻchatlari ekilishini taʼminlagan yoki “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 5 mlrd soʻm hadya qilgan shaxslarga metsenat maqomini berish;
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaxslarga “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotini berish boʻyicha taklif kiritish.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring