“Yashil makon”: koʻchat ekishga kirishildi

13:42 18 Fevral 2025 Jamiyat
312 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari olib borilmoqda. Bu yilgi bahor mavsumida 9 million 578 ming tup koʻchat oʻtqazilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun hudud iqlimiga mos daraxt navlari tanlab olingan. Eʼtiborlisi, koʻchatlarning barchasi viloyatdagi oʻrmonchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan.

— Shu yilning oʻzida Andijon, Xonobod shaharlari, Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa tumanlarida “yashil belbogʻ”lar tashkil etilishi belgilangan, — deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. — Shuningdek, shahar va tumanlarda “Yashil bogʻlar”, “Yashil jamoat parklari” barpo qilinadi. Ekilgan koʻchatlarni parvarish qilish, sugʻorish maqsadida 26 kilometr uzunlikdagi sugʻorish tarmogʻi tortilib, 16 ta yer osti suv qudugʻi ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер