Yaqin Sharqdagi urush oqibatida Keniya orolida minglab avtomobillar qolib ketdi

15:38 21 Mart 2026 Dunyo
418 0

AQSH hamda Isroilning Eron bilan urushi tufayli Hurmuz boʻgʻozi orqali yuk tashishdagi uzilishlar Keniya qirgʻogʻidagi Lamu orolida kutilmagan vaziyatni yuzaga keltirdi. Ushbu hududda minglab yangi avtomobillar qolib ketgan.

Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, taxminan 26 ming aholi istiqomat qiladigan orolda “Porsche” va “Volkswagen” kabi brendlarga mansub qariyb 4 mingta avtomobil toʻplanib qolgan. Ular dastlab Yaponiyadan Dubayga yoʻl olgan, ammo xavfsizlik muammolari sabab kemalar oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Lamu oroli Hind okeanida joylashgan kichik orol boʻlib, uning maydoni taxminan 57 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Ushbu orolda avtomobillar harakati deyarli taqiqlangan. Faqatgina davlat transporti va tez yordam mashinalariga ruxsat berilgan. Asosiy transport vositalari sifatida qayiqlardan foydalaniladi.

Port maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Hurmuz boʻgʻozi orqali oʻtadigan yoʻl harbiy harakatlar tufayli xavfli boʻlib qolganidan keyin bir nechta kemalar yuklarini aynan Lamuda tushirishga qaror qilgan. Yana bir necha ming avtomobil olib kelayotgan kema ham yaqin kunlarda yetib kelishi kutilmoqda.

Keniya rasmiylari taʼkidlashicha, hozirda koʻplab yuk kemalari oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻlmoqda. Bu esa yetkazib berishda kechikishlarga sabab boʻlayotgan boʻlsada, mahalliy portlar uchun qoʻshimcha daromad manbaiga aylanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер