Yaponiyada uchar avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi
“Suzuki” va “SkyDrive” brendlari avtomobilning yangi turini yaratadi. “SkyDrive SD-05” deb nomlangan model Ivata (Yaponiya) shahrida ishlab chiqariladi.
Bu uchuvchi tomonidan boshqariladigan ikki oʻrindiqli “eVTOL” yoʻlovchi taksi samolyotining ishlab chiqarish modeli boʻladi. uchar avtomobilning taxminiy maksimal tezligi 100 km/soatni tashkil etadi, batareya quvvati, shuningdek, vertikal parvoz va qoʻnish imkoniyatlariga ham ega.
Birinchi uchar avtomobil “Expo 2025” koʻrgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. U keyingi yil Osakada (Yaponiya) boʻlib oʻtadi. Barcha sertifikatlar olingandan soʻng, uchar avtomobillar sotuvga chiqarila boshlaydi.
Ular yiliga kamida 100 ta “SkyDrive SD-05” ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring