Yangiyoʻlda tabiatga 1 mlrd soʻmdan ziyod zarar yetkazildi
Yangiyoʻl shahrida 121 tup daraxt noqonuniy ravishda qoʻporib tashlanishi oqibatida tabiatga 1 mlrd soʻmdan ziyod zarar yetkazildi. Bu hadqa Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi (Ekopolitsiya) xodimlari tomonidan Yangiyoʻl shahrida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan.Reyd davomida Yangiyoʻl shahri Lazzat “MFY”da S.B. MChJ tomonidan hududdagi jami 121 tup daraxt noqonuniy ravishda kesilganligi hamda maxsus texnika yordamida qoʻporib tashlanganligi aniqlangan.

Huquqbuzarlik natijasida, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan, oʻsimlik dunyosiga 1 mlrd 67 million 574 ming 400 soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi maʼlum boʻlgan.
Bildirilishicha, hozirda holatga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring