Yangiyoʻl tumanida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.S.» MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar Yangiyoʻl tumani, Chirchiq daryosi boʻyidan 46 ming m3 qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olganliklari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd. soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring