Yangi qiyofadagi ziyo maskani ochildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bulungʻur tumani Axborot-kutubxona markazi yangi binoga ega boʻldi. Ziyo maskanining ochilish marosimida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi vakillari, Samarqand viloyatidagi kutubxona faoliyatiga aloqador masʼullar, tuman faollari ishtirok etdi.

Axborot-kutubxona markazi yangi binosida 2 ta oʻquv zali, 1 ta faollar zali, 1 ta kompyuter xonasi, 6 ta xodimlar uchun xona, 1 ta bibliografiya, 1 ta fondlarni saqlash xonasi va 1 ta koʻzi ojizlar kutubxonasi joylashgan.

Tadbir ishtirokchilari binoda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, bir qator tashkilotlar tomonidan kutubxonaga kitoblar sovgʻa qilindi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugungi kunda ushbu Axborot-kutubxona markazida 8,5 ming nomdagi 18 mingdan ortiq kitoblar mavjud, kelgusida ularning soni yanada koʻpayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring