Yangi Oʻzbekiston fani va taʼlimini rivojlantirishda yoshlarning oʻrni
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Yangi Oʻzbekiston fani va taʼlimini rivojlantirishda yoshlarning oʻrni” mavzuida xalqaro innovatsion insaytlar haftaligi boʻlib oʻtdi.
“Fan va texnika kelajagini shakllantirish” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu haftalikda taʼkidlanganidek, Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan yubiley tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, Yosh olimlar xalqaro konferensiyasi tadbirlari boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashining ushbu konferensiyasiga xorijlik yosh olimlar ishtirok etdi.
Tadbirga Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlaridan yuzdan ortiq yoshlar onlayn tarzda qatnashib, anjuman ishini kuzatib borish bilan birga, maʼruzalar qilishdi.
Xorijlik yosh olimlar Prezidentimizning mamlakatimiz yosh olimlariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari, ular uchun yaratilayotgan koʻplab shart-sharoitlardan ruhlanib, ushbu tajribani oʻz mamlakatlarida qoʻllashlarini taʼkidlab oʻtdilar.
Ayniqsa, Prezident qarorida Fanlar akademiyasi yubileyi oldidan Yosh olimlarning bu kabi keng kamrovli konferensiyasini tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademikligi saylovlarida Yosh olimlar uchun alohida joy ajratilishiga havas qilganligi va ushbu loyihani namuna sifatida oʻz mamlakatida joriy etishligini alohida taʼkidladilar.
Aytish joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston fani va taʼlimi sohasida haqiqiy Uchinchi Renessans poydevori yaratilishi boshlandi, desak, mubolagʻa emas. Zero, Prezidentimiz mamlakatning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Ilm-fan va akademiklarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayapti. Fanlar akademiyasi mavqei qayta tiklandi.
Anjuman yakunida konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring