“Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash yoʻlning bir qismi 1 oyga yopildi
Foto: Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Yangi Oʻzbekiston koʻchasining bir qismi bir oyga yopildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi yonida yerosti yoʻl oʻtkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli 9-iyuldan 9-avgustgacha Yangi Oʻzbekiston yoʻlining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) bogʻga tutash qismida avtoulovlar harakati toʻxtatiladi.
Harakat “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi chegara hududidagi yoʻl orqali Milliy bogʻ koʻchasiga yoʻnaltiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring