Yangi normalar tadbirkorlarning eksport faoliyatini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida bir eksport shartnomasi doirasida jami mahsulotning 5 foizidan oshmagan debitor qarzdorlik uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllamaslik nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, ushbu hujjatdan oʻrin olgan yangi normalar tadbirkorlarning eksport faoliyatini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va mahalliy mahsulotlarning xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshishiga xizmat qiladi.
Eʼtiborlisi, eksport shartnomasi doirasida eksportga yuklangan mahsulotlar qiymatining 5 foizigacha boʻlgan qismiga qoʻllanilishi kerak boʻlgan jarima summalari korxonalar ixtiyorida qoladi.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring