Yana bir huquqbuzarlik boʻyicha maʼlumot berganlar ragʻbatlantiriladi
Foto: Illustrativ foto
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida huquqbuzarlik holatlari boʻyicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravariga teng (270 ming soʻm) miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Qayd etilishicha, foto va videomateriallarga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi.
Materiallarda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:
— sodir etilgan huquqbuzarlik;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
— madaniy meros obyektining nomi (tegishli huquqbuzarlik boʻyicha);
— huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.
Ragʻbatlantirish:
— huquqbuzarlik boʻyicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi;
— huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan keyin kelib tushgan xabarlar boʻyicha amalga oshirilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring