Yadroviy urush hech qachon boshlanmasligi kerak, unda gʻoliblar boʻlmaydi — Jo Bayden
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqi chogʻida yadro urushi hech qachon boshlanmasligi kerakligini va unda gʻoliblar boʻlmasligini taʼkidladi.
«Yadro urushida gʻoliblar boʻlishi mumkin emas va uni hech qachon boshlamaslik kerak. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar», dedi Bayden. Uning qoʻshimcha qilishicha, bugungi kunda xavotirli tendensiyalar kuzatilmoqda.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg “Reuters Next” onlayn forumida Rossiya yadroviy mojaroda gʻalaba qozona olmasligini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanish uning uchun misli koʻrilmagan oqibatlarga olib keladi.
Stoltenbergning qayd etishicha, NATO Moskva bilan aloqada va uning harakatlarini kuzatib boradi.
Joriy yilning 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish boʻyicha “harbiy maxsus operatsiya” oʻtkazishga qaror qilganini maʼlum qildi. Ushbu operatsiyani oʻtkazish qarori AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar sabab boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring