Xonadonda saqlanayotgan salyutlar fosh etildi
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, xonadon hovlisida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan dastlabki qiymati 30 mln. soʻmlik 6 turdagi jami 330 dona pirotexnika vositalari “YAMA” sifatida noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring