WTCF sammitida Samarqand delegatsiyasi ishtirok etmoqda

19:07 10 May 2023 Siyosat
542 0

Shu kunlarda Xitoyning Changsha shahrida Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF) sammiti boʻlib oʻtmoqda. Ushbu sammitda dunyoning 83 davlatidan 159 sayyohlik shahri vakillari ishtirok etyapti. WTCF sammitida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Samarqand shahri vakili sifatida viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Qobilov rahbarligidagi delegatsiya qatnashmoqda.

Sammitda butun dunyodan tashrif buyurgan mehmonlarga Samarqandning turizm salohiyati, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar taqdimoti oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun, Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF) ga 2012-yilda dunyoning mashhur turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan asos solingan boʻlib, u shaharlarga asoslangan birinchi xalqaro turizm tashkiloti hisoblanadi. Samarqand ilk bor 2018-yilda WTCF sammitda mehmon sifatida ishtirok etdi va shundan soʻng tashkilot aʼzoligiga qabul qilingan.

Xitoyda oʻtkazilayotgan sammit doirasida Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Qobilov ishtirokida Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер