Vodiydagi metan “zapravka”lar ertadan uzluksiz ishlaydi
Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi metan “zapravka”lar ertaga, 19-martdan boshlab uzluksiz ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vodiydagi metan “zapravka”lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda va ertadan uzluksiz ishlay boshlaydi. Respublikaning boshqa hududlaridagi shoxobchalar hozirda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda havo harorati pasaygani sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring