Vladimir Norov “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida ishtirok etadi

21:57 21 Dekabr 2022 Siyosat
539 0

Foto: Arxiv surat

2022-yilning 22-25-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi.

Boʻlajak tadbir kun tartibidan transport bogʻliqligi, logistika, sanoat kooperatsiyasi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida hamkorlik masalalari oʻrin olgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri qator ikki va koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер