Venesuela terma jamoasi Trinidad va Tobagoni magʻlub etdi
Bugun, 27-mart kuni Toshkent shahrida FIFA Series musobaqasi start oldi. Ushbu turnirda Oʻzbekiston, Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Musobaqani ochib bergan oʻyinda Venesuela terma jamoasi Trinidad va Tobagoni 4:1 hisobida magʻlub etdi. “Paxtakor” markaziy stadionida boʻlib oʻtgan bahsda janubiy amerikaliklar ishonchli gʻalabaga erishdi.
Gollarga gʻoliblar safida Delvin Alfonso (2 ta) va Salomon Rondon (2 ta) mualliflik qildi. Raqib jamoaning yagona javob goli esa Reon Mur hisobiga yozildi.
Maʼlumot uchun, FIFA Series doirasidagi keyingi oʻyinlar 30-mart kuni boʻlib oʻtadi. Unda Venesuela Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi, Trinidad va Tobago esa Gabon bilan kuch sinashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring