Velomarafonda gʻolib boʻlgan, fuqaroning uyini oqlab, gʻisht tergan, yoshlarga fast-fud ulashgan Qoʻqon hokimi endi bolalarga loydan oʻyinchoq yasab berdi

17:51 18 Iyun 2021 Jamiyat
1394 0

Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov va shahar prokurori Ulugʻbek Hamdamov 19-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan shaxmat turnirida ishtirok etdi. Bu haqda Qoʻqon shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, sektor rahbarlari va bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat partiyalarida hokim va prokuror jajji grossmeysterlar bilan jangovar durang natijalarga erishgan.

Bolalar bogʻchasida yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklar bilan ham tanishgan Marufjon Usmonov hunarmandchilik toʻgaragiga katta qiziqish bildirgan va bolalar bilan birga loydan oʻyinchoq yasagan.

Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov turli gʻaroyib ishlari bilan tanilgan va ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez muhokamadagi shaxsga aylanadi. U goh velomarafonda marraga birinchi boʻlib yetib keladi, goh fuqarolarning xonadonini oqlab berib, uyida gʻisht teradi. U uchrashuvga kelgan yoshlarni fast-fud bilan ham mehmon qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер