Vazirlik va Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi
Joriy yilning 5-fevral kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda maktab oʻquvchilarining taʼlim-tarbiya masalalarini uzviy tashkil etish boʻyicha masʼul vazirlik va tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Shu maqsadda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazildi.
Maktabgacha va maktab vaziri Hilola Umarova, Milliy gvardiya qoʻmondoni, general mayor Rustam Djurayev ishtirokida mazkur tizim xodimlaridan iborat Ishchi guruhning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda keltirilgan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.
Xususan, oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasini uzviy tashkil etishda ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari bilan amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilind
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring