Vagit Alekperov «Lukoyl» prezidenti va kompaniya direktorlar kengashini tark etadi

23:46 21 Aprel 2022 Dunyo
1196 0

Foto: tass.ru

Rossiyaning eng yirik xususiy neft kompaniyasi «Lukoyl»ning ham egasi, prezidenti va asoschisi Vagit Alekperov oʻz lavozimini, shuningdek, direktorlar kengashi tarkibini tark etishga qaror qildi. Bu haqda  «Lukoyl» bayonotida aytildi. Avvalroq Alekperov Britaniya sanksiyalari ostida qolgan edi.

Vagit Alekperov kompaniyadagi 29 yillik faoliyatidan soʻng uni tark etmoqda. U 1993-yilda «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti va boshqaruvi raisi etib saylangan. Kompaniyaning oʻzi oʻsha yilning 5-aprelida tashkil etilgan edi.

“Bugun kompaniya direktorlar kengashi raisi nomiga tegishli isteʼfolar yuborildi”, deyiladi «Lukoyl» bayonotida. 

Taʼkidlanishicha, Alekperov nazorat paketi egasi emas, u toʻgʻridan-toʻgʻri atigi 3,12 foiz aksiyalarga egalik qiladi, shuningdek, ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan fondlar orqali 5,43 foizga egalik qiladi.

Sanksiyalar haqida

14-aprel kuni Buyuk Britaniya Vagit Alekperovga qarshi sanksiyalar kiritdi. U birinchi marta Gʻarb davlatlaridan birining cheklov choralari ostida qoldi.

24-fevral kuni Rossiya Ukraina hududida “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Oʻshandan beri Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa bir qator davlatlar Rossiyaga qarshi misli koʻrilmagan sanksiyalar kiritdi. Mart oyi boshida «Lukoyl» Ukrainadagi mojaroga tezroq barham berilishi va tinchlik kelishuvlariga erishilishiga umid bildirishi haqida bayonot bilan chiqqan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер