“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Sariosiyo aeroportiga sinov parvozini amalga oshirdi
Joriy yil 5-yanvar kuni Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan Airports” va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining bir guruh mutaxassislari Let L-410 samolyotida Toshkent – Termiz – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha sinov parvozini amalga oshirdi.
Ishchi guruh Sariosiyo aeroportining ICAO talablariga muvofiqligini tekshirdi, aerodrom imkoniyatlari hamda ATR-72 600 samolyotlarini qabul qilish qobiliyatini oʻrgandi, shuningdek, yoʻlovchi terminalini qurish zaruriyatini aniqladi.
Yaqin kunlarda Sariosiyo aeroportiga Let L-410 va ATR-72 600 kabi samolyotlarda Toshkentdan muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring