“UZAUTOMOTORS” AJning oʻzi uchun muhim boʻlgan ishni koʻrib chiqishda birorta vakili ham qatnashmayotganligi juda gʻalati...

11:39 19 Avgust 2020 Siyosat
1049 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishning davomi bugun koʻrib chiqilishi kerak edi.

Oʻtgan safar “UZAUTOMOTORS” AJning iltimosiga koʻra ishni koʻrib chiqishda tanaffus eʼlon qilingandi. Biroq nomaʼlum sabablarga koʻra, “UZAUTOMOTORS” AJ vakillari bugun ishni koʻrishda qatnasholmas ekan...

Shunga qaramay Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi komissiyasi aʼzolari tanaffus davomida ham “UZAUTOMOTORS” AJ vakillarining vajlarini yetarli darajada eshitib, oʻrganib chiqishganligini inobatga olib, ishni ularning ishtirokisiz ham koʻrib chiqish mumkin, deb hisoblashdi. Va ishni koʻrib chiqish davom ettirilmoqda.

Maʼlumot uchun “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan, avtomobillar tannarxi va narx qoʻllanishi asosliligi boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan vakolat doirasida tekshiruv oʻtkazilgan edi.

“UZAUTOMOTORS” AJning oʻzi uchun muhim boʻlgan ishni koʻrib chiqishda birorta vakili ham qatnashmayotganligi juda gʻalati...

Jarayonni kuzatib bormoqdamiz. Koʻramiz.

Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер