“UzAuto Motors” Ravon brendi faoliyatini toʻxtatadi

13:18 17 Fevral 2020 Iqtisodiyot
1712 0

Toshkent, Oʻzbekiston — “UzAuto Motors” va uning alyans boʻyicha hamkori “General Motors” kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, 2020-yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozogʻiston va Belarusda Chevrolet brendi ostida Spark, Nexia va Cobalt avtomobillari eksport qilinishi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, Rossiya va MDH mamlakatlarida Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020-yilning oʻrtalariga kelib toʻxtaydi.

“Chevrolet brendidan tashqi bozorlarda foydalanish huquqi “UzAuto Motors” kompaniyasiga avtomobillarning yuqori sifati jahon avtosanoati yetakchilaridan biri — “General Motors” kompaniyasi tomonidan belgilangan standartlarga toʻliq javob berganligi uchun berildi. Qabul qilingan qaror “UzAuto Motors”ga Chevrolet jahon brendining toʻliq quvvatidan Oʻzbekiston Respublikasi ichki bozoridagi kabi eksport bozorlarida ham samarali sotuvni oshirish imkonini yaratadi”, kompaniya xabarida.

Jeneral Motors Rossiya vakolatli xizmat koʻrsatish markazlari 2015-yilning oxiriga qadar Rossiyada GM/Chevrolet dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat koʻrsatishni davom ettiradi. Shuningdek, Ravon avtoulovlarini xarid qilgan mijozlar uchun ham “UzAuto Motors” oʻzining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan oʻzining dilerlik tarmogʻi orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер