Usmonov Oʻzbekistonga 20 mln dollar yordam bergandi. Rossiyaga-chi?
arxiv foto
Avvalroq Rossiyada yashovchi oʻzbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga 20 million dollar mablagʻ oʻtkazgani haqida xabar bergan edik. Mazkur mablagʻ Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga toʻlaligicha oʻtkazilishi aytilgan edi.
USM xolding aksiyadorlari Rossiyada koronavirus infeksiyasini tarqalishining oldini olishga tezkor shtabning ehtiyojlari uchun 2 milliard rubl yuborishga qaror qildi.
Xoldingning asosiy aksionerlari Alisher Usmonov, Vladimir Skoch, Farhod Moshiri va Ivan Streshinskiy hisoblanadi.
“USM aksiyadorlari tomonidan ajratilgan mablagʻlar shtab-kvartiraning ustuvor yoʻnalishlarida foydalanish uchun taqdim etiladi. Rejalashtirilgan mablagʻ asosan tibbiyot xodimlari va koʻngillilar uchun himoya vositalarini sotib olishga, ularni transport bilan taʼminlashga, shuningdek tibbiyot xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi”, deyiladi bayonotda.
“Bosh shtabni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, bizning xolding kompaniyalari korxonalarning barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash va xodimlarni himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrmoqda. Bugungi kunda USM tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar mamlakatimiz rahbariyati, tibbiyot muassasalari va barcha jalb etilgan xizmatlarning virus ustidan ertaroq gʻalaba qozonish uchun olib borilyotgan ulkan ishlariga bizning hissamiz boʻladi. Ishonamanki, biz bu sinovlarni birgalikda oʻtkazamiz”, dedi USM asoschisi Alisher Usmonov.
Maʼlumot uchun: USM - bu Rossiyaning metallurgiya va togʻ-kon, telekommunikatsiya, texnologiya va Internet sohalaridagi aktivlariga egalik qiladigan va boshqaradigan koʻp tarmoqli Rossiya xolding kompaniyasi. Guruh aktivlariga Metalloinvest, Megafon va Baykal kon kompaniyasi kabi etakchi sanoat ishtirokchilari kiradi. USM Rossiyaning Mail.ru Group Internet-bozori etakchisining aksioneri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring