Urgutlik fermer 2 gektar yerga piyoz ekib, 260 million soʻm daromad qildi
Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tumandagi Q.Rahimov agrofirmasi hududidagi “Ilhomjon Farmon dalasi” fermer xoʻjaligi umumiy 7 gektar yer maydonida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shundan 2 gektar yer maydoniga sabzavot yaʼni, piyoz mahsuloti ekkan fermer bugungi kunda 1 gektar yer maydonidan 130 tonna jami 260 tonnadan ortiq piyoz yetishtirdi.
Yerga mehr bilan qarasang, u hech qachon seni aldamaydi. Mana astoydil mehnat qilib, 2 gektar yer maydonidan 260 million soʻm foyda oldim, - deydi “Ilhomjon Farmon dalasi" fermer xoʻjaligi raisi S.Ashurov. - Yaxshigina daromad olish bilan birga ishsiz boʻlgan 7 nafar oila aʼzolarimning bandligini taʼminlashga ham erishdim.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring