Urgutdagi yangi qurilayotgan binoda yongʻin chiqdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida yangi qurilayotgan binoda yongʻin chiqqani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 16:21 da Urgut tumani “Mergancha” MFY hududida joylashgan yangi qurilayotgan koʻp qavatli binoning yertoʻla qismida qurilish chiqindilari yonib ketgan.
Ushbu holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida viloyat FVBga murojaat kelib tushgan. Mazkur xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻinni qisqa fursatda toʻliq bartaraf etgan.
Samarqand viloyati FVB bergan maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring