“Urgut erkin iqtisodiy zonasi” korxonalari mahsuloti eksportda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”ning Mergancha massivida joylashgan “Elite-Elektro-Group” MCHJ korxonasining loyiha qiymati 1,60 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur korxona tomonidan yiliga 70-80 ming dona yarim avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqariladi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 70 foiz asosiy butlovchi qismlari mahalliylashtirilgan.
Bugungi kunda korxonada 60 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilarning bandligi taʼminlangan. Yillik eksport hajmi qariyb 300 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Joriy yildan boshlab bugungi kunga qadar korxonada qariyb 20 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlariga eksport qilinmoqda.
Hozirda korxona tomonidan Moʻgʻuliston, Ozarbayjon va Afgʻoniston kabi davlatlar bilan eksport shartnomalari imzolanishi rejalashtirilmoqda.
“Urgut erkin iqtisodiy zonasi”ning Sariqtepa massivida joylashgan “Ideal Elektro Lyuks” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz plita va mini pechlar Oʻzbekistonning “Ideal” brendi mahsuloti sifatida xorijga eksport qilinmoqda.

Korxona 2023-2024-yillar davomida mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom-ashyolarni xorijdan keltirganda bojxona toʻlovlaridan jami 2,8 milliard soʻm imtiyoz berilgan.
Shuningdek, korxona tomonidan ikki yillik davomida 1,6 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlariga eksport qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring