Urganch tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ish boshladi

18:52 17 Noyabr 2023 Jamiyat
590 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda nuroniylar, nogironligi boʻlgan fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Yangi Oʻzbekistonda inson qadri ulugʻlanib, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilayotgani, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari esa ushbu xalqchil tamoyilning yana bir amaliy ifodasi ekanini taʼkidladilar. Avvallari ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish turli tashkilotlar tomonidan tarqoq holda amalga oshirilishi natijasida ortiqcha ovoragarchiliklar yuzaga kelib, fuqarolarga noqulayliklar tugʻdirar edi.

Endilikda 26 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish ushbu markaz hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan yagona tizim orqali amalga oshiriladi. Kelgusi yildan bu xizmatlar soni ortib, yana yangi 23 ta ijtimoiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi.

                                                        Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер