Universitetga oʻqishga kiritib qoʻyish va esdalik nishoni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

11:30 07 Fevral 2024 Jamiyat
231 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat Sport boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.K. fuqaro Sh.R.ga “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishoni olib berishi hamda fuqaro N.B.ni tanishlari yordamida Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер