Universitet professor-oʻqituvchilari talabalarga kitoblar ulashmoqda

12:10 20 Fevral 2021 Jamiyat
924 0

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va kitobxonlik targʻibotini kuchaytirish maqsadida oʻziga xos tashabbus ilgari surildi.

Unga koʻra, universitetning professor-oʻqituvchilari joriy oyning 15-fevralidan boshlab #kitob_ulash! chellenji ostida talaba-yoshlarga kitoblar ulashmoqda.

Chellenj qoidasiga muvofiq, oʻqituvchi talabalarga kitob taqdim etgach, videomurojaat orqali kitob ulashishni hamkasblaridan biriga uzatadi. Jarayon shu yoʻsinda navbatma-navbat davom etadi.

Eʼtiborlisi, chellenjga shu kunga qadar 50 ga yaqin oʻqituvchi qoʻshilib ulgurdi. Ular orasida universitetning xorijiy professor-oʻqituvchilari ham bor.

Ayni kunlarda chellenj universitet tashqarisiga koʻchgan.

Xususan, bugun taʼlim muassasasi professori Umida Saydazimova universitet akademik litseyida taʼlim olayotgan 2-bosqich oʻquvchilariga “Koreya hayoti” nomli kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi va anʼanaga muvofiq chellenjni oʻqituvchi Hulkar Mirzaahmedovaga topshirdi.

#kitob_ulash! chellenji ijtimoiy tarmoqlarda ham faol qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер