UNICEF tashkiloti bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi

22:43 03 May 2023 Siyosat
529 0

Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov UNICEF tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida UNICEF tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, qizlarning IT sohasidagi koʻnikmalarini yanada oshirish, hamda ICT4Girls loyihasini davom ettirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Shuningdek, nogironligi boʻlgan yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish, maktab oʻquvchilariga kompyuter olishlari uchun imkoniyatlarni koʻpaytirish hamda respublika chekka hududlarida internet tarmogʻini kengaytirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер