Ulugʻ ajdodimizga ehtirom koʻrsatildi

18:50 14 Fevral 2023 Jamiyat
689 0

Foto: Xalq so‘zi

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar dastlab teatr foyesida tashkil etilgan tasviriy sanʼat asarlari, miniatyuralar, xalq amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Asosiy tadbirda Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan betakror siymoning serqirra ijodi haqida soʻz yuritdi. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurning shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʻrin tutishini taʼkidladi.

Viloyat teatri ijodiy jamoasi tomonidan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani asosida sahnalashtirilgan «Ahli jahondin yaxshiligʻ» spektakli barchani uzoq moziy sarhadlariga olib kirdi.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер