Ukraina va Rossiya mahbuslarni almashtiradi

02:10 02 Sentyabr 2019 Jamiyat
712 0

Ukraina prezidenti maʼmuriyati tarqatgan xabar ikki mamlakat oʻzaro mahbus almashtirishga kelishib olgani aytiladi.

Bayonotda aynan qaysi shaxslar almashtirilayotgani toʻgʻrisida biror maʼlumot mavjud emas va u faqat jarayon hali davom etayotganini taʼkidlaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Avvalroq, ukrainalik bir prokuror Rossiya rejissyor Oleg Sensov va oʻtgan yili hibsga olingan 24 nafar ukrainalik dengizchini ozod etganini maʼlum qilgan edi, ammo bu hali rasman oʻz tasdigʻini topmagan.

Shunga qaramay, ushbu mahbuslarning yaqinlari Kiyev aeroportlariga yigʻila boshlagan.

Ukrainalik rejissyor Oleg Sensov Qrimda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirishda aybdor, deya topilgan va 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

24 nafar harbiy dengizchi esa oʻtgan yilning kuzida Kerch bogʻozini kesib oʻtishga urinish vaqti rossiyalik harbiylar tomonidan qoʻlga olingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер