Ukraina boʻyicha muzokaralar yoʻli — bu jang maydonidagi muvozanat — Italiya bosh vaziri
Foto: Reuters
Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralar yoʻli — jang maydonida qarama-qarshi tomonlar oʻrtasida muvozanatni saqlash. Bu fikrlarni Italiya bosh vaziri Jorja Meloni aytib oʻtdi.
Uning fikricha, Gʻarb davlatlari Rossiya bilan qarama-qarshilikda Ukraina Qurolli Kuchlarining pozitsiyasini yaxshilash uchun ushbu mamlakatga harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatishni davom ettirishi kerak. Bunday sxema, Meloni aniqlik kiritishicha, tinchlik muzokaralarini tezlashtirish va mojaroga barham berishga yordam beradi.
“Bunday strategiya inqirozni diplomatik yoʻl bilan hal qilishning yagona variantidir”, — deydi Italiya bosh vaziri.
“Ukrainaga qurol yubormasligimiz kerak, chunki bu mojaroning kuchayishiga olib keladi, deganlardan farqli oʻlaroq, men buning aksi toʻgʻri, deb hisoblayman”, — deydi Meloni.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisob-kitoblariga koʻra, Gʻarb davlatlaridan Ukrainaga koʻrsatilgan yordamning umumiy miqdori 200 milliard dollardan oshgan. Taʼkidlanishicha, Kiyevga 54 ta davlat yordam koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring